Central AsianResearch Index

AUTISTIK SINDROMDA MIYA MEXANIZMLARINING KLINIK MANZARASI VA NEYROPSIXOLOGIK TAHLILI.

ushbu maqolada autistik sindromning klinik xususiyatlari, uning shakllanishida ishtirok etuvchi miya mexanizmlari hamda neyropsixologik asoslari tahlil qilingan. Autizm spektridagi buzilishlarda kuzatiladigan muloqot, nutq, harakat va idrok jarayonlaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, autistik sindromning rivojlanishida limbik tizim , miya ustuni, miyacha, yarimsharlararo aloqalar va ko‘zgu neyronlari tizimining o‘rni haqida ilmiy qarashlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari autizmda kuzatiladigan buzilishlarning nafaqat alohida miya tuzilmalari faoliyatidagi nuqsonlar, balki miya tizimlari o‘rtasidagi integrativ aloqalarning yetishmovchiligi bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Mazkur ma’lumotlar autistik bolalar bilan olib boriladigan diagnostik va korreksion ishlarda neyropsixologik yondashuvning ahamiyatini asoslaydi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 7
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти