AUTENTIK MATERIALLARNING ESP TALABALARI NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI TA’SIRINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH
Maqolada kasbiy ingliz tili darslarida ESP (English for Specific Purposes – Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) talabalari nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda autentik materiallarning samaradorligini o‘rganishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Tajriba uch bosqichda amalga oshirilgan: tashkiliy tayyorgarlik, o‘quv jarayonini joriy etish va natijalarni tahlil qilish. Tadqiqotda kasb-hunar texnologik kolleji ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan 24 nafar talaba ishtirok etib, ular teng ravishda tajriba va nazorat guruhlariga ajratilgan. Tajriba guruhida amaliy ingliz tili mashg‘ulotlariga ona tilida so‘zlashuvchi ingliz tili vakillari tomonidan yaratilgan autentik tinglab tushunish materiallari joriy etilgan. Tadqiqotdan oldin talabalarning til o‘rganish tajribasi, ehtiyojlari, munosabati va autentik materiallardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazilgan. Tanlangan metodologiya va o‘quv dizayni autentik materiallarning ESP kontekstida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyatini aniqlashga qaratilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 5
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти