ARTUK DAVRIDA MADANIYAT VA YANGILANISH
1071-yildan keyin Turklarning Anadoluga koʻchishi boshlandi va bu yerga oʻrnashib qolganlar vaqt oʻtishi bilan beklik va davlatlar tashkil etdilar. Bunyod etilgan beklik va davlatlarda oʻz dini va madaniyatini saqlab qoldilar. Turk madaniyatining paydo boʻlishiga sabab boʻldilar va Islom Anadoluga “joylashdi”. Bu bekliklardan XIIXIV asrlarda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Anadoluda yashagan artuklar ham oʻzlari yashagan hududlarga karvonsaroy, madrasa, masjid, majmualar kabi bir qator me’moriy obidalar qurdirdilar. Taʼlimga bergan ahamiyati natijasida mintaqa ilm-fan va sanʼatining rivojlanishini taʼminladilar, koʻplab olimlar qoʻllab-quvvatlandilar, taʼlim olishlariga sharoit yaratildi. Anadoluda ilk masjid namunalari qurildi. Ushbu me’morchilik yodgorliklari bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · Т. 2, № Special Issue 2
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти