Central AsianResearch Index

ARTPEDAGOGIK YONDASHUVGA ASOSLANGAN METODLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA DIALOGIK NUTQNI SHAKLLANTIRISH

maktabgacha ta’lim davrida bolalarning nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish ularning umumiy intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialogik nutq — bolalarning o‘z fikrini erkin ifodalash, boshqalarni tinglash va muloqotda faol ishtirok etish qobiliyatidir. Art-pedagogik yondashuv, ya’ni san’at va ijodiy faoliyat orqali tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash, bolalarda nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali bolalar ijodiy o‘yinni, rasm chizish, dramatizatsiya va musiqiy faoliyatni amalga oshirib, dialogik nutq ko‘nikmalarini tabiiy muhitda o‘rganadi. Ushbu maqolada nutqiy kompetensiyani shakllantirish jarayonida artpedagogikaning innovatsion metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy estetik vositalardan foydalanish samaradorligi yoritiladi. Maqolada zamonaviy metodik yondashuvlar, interfaol mashg‘ulotlar, dramatizatsiya , musiqiy terapiya, tasviriy san’at orqali ta’sirchanlik va ifodaviy nutqni rivojlantirish usullari keltirilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 2
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти