AN’ANAVIY CHOLGʻU ANSAMBLLARIDA QONUN SOZINING TUTGAN OʻRNI.
ushbu maqolada an’anaviy cholgʻu ansambllarida qonun sozining tutgan oʻrni, uning tarixiy tadrijiy rivojlanishi hamda zamonaviy ijrochilik amaliyotidagi oʻrni va nufuzini yuksaltirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Qonun cholgʻusining qadimgi asboblar bilan bogʻliq genezisi, shuningdek, parda va soz evolyutsiyasi tahlil qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq, xususan, oʻzbek milliy qonun ijrochiligi maktabining hayotbaxsh anʼanalari yosh avlod talqinida qay darajada namoyon boʻlayotgani koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ansambllarda qonunning yetakchilik maqomini oshirish, repertuarni garmonik va polifonik asarlar bilan boyitish hamda mahalliy cholgʻushunoslik ustalari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tizimli tavsiyalar ilgari suriladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти