“AMALIY DASTURLAR PAKETI” FANIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK MODELI VA BLENDED PROJECTBASED LEARNING METODIKASI.
maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Amaliy dasturlar paketi” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini maxsus texnologiyalar vositasida tashkil etishning yaxlit didaktik modeli va uni amalga oshiruvchi Blended Project-Based Learning ( aralash loyihaviy o‘qitish) algoritmi taqdim etiladi. Model maqsadli, tashkiliymazmunli, jarayonli-metodik va baholovchi-natijaviy komponentlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, blended learning, project-based learning, flipped classroom va muammoli o‘qitish elementlarini yagona metodik andozaga birlashtiradi. Algoritm besh bosqichda (tayyorgarlik, muammo aniqlash va loyiha tanlash, rejalashtirish va mustaqil izlanish, amaliy ijro, refleksiya va himoya) amalga oshiriladi hamda Google Classroom va MathCad kabi maxsus texnologiyalar bilan integratsiyalashgan holda talabalarning mustaqil ishlash, tahliliy, ijodiy va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти