Central AsianResearch Index

AHOLI BANDLIGINI TA`MINLASHNING TURLI SHAKLLARI ASOSIDA UNING DAROMADINI OSHIRISH

iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida O‘zbekistonda aktiv bandlik siyosatga o‘tish hayotiy zaruriyatdir. Aktiv bandlik siyosati bu davlat tomonidan ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida olib boriladigan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy choratadbirlar yig‘indisidir. Bu siyosat ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida ishchilarni kutilayotgan bo‘shatishlardan ogohlantirish; ish izlayotganlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; yangi ish o‘rinlarini yaratishni moliyalashtirish; ish o‘rinlarini izlash va tanlash; jamoat ishlarini tashkil etish tizimi orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshqalarni qamrab oladi. Bandlik sohasiida faol davlat siyosatini olib borish aholini ish bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshiriladi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 7
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти