Central AsianResearch Index

ADAPTOGEN DORI VOSITALARNING ASSORTIMENT TAHLILI

Hozirgi vaqtda tananing qo'shimcha zaxiralarini topish muammosi bir xil darajada dolzarbdir. Tananing tashqi muhit omillariga chidamliligini oshirish va uning tiklanishini tezlashtirish uchun organizmni farmakologik qo'llab-quvvatlashning mavjud vositalaridan biri adaptogen dori vositalardir. Adaptogenlar haqida ma'lumot juda keng tarqalgan. Ushbu guruhga birqancha tabiiy va sintez yo’li bilan olingan dori vositalar guruhi kiradi. Ushbu ishning maqsadi adaptogen dori vositalarining O’zbekiston bozoridagi holatini aniqlashdir. O'zbekiston Respublikasida Tibbiyot amaliyotida qo’llanishga ruhsat etilgan dori vositalari , tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestrilari: 2020 yil №24, 2021 yil №25, 2022 yil №26, 2023 yil №27 va 2024 yil №28 ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasida ro’yhatdan o’tkazilgan adaptogen dori vositalarining assortiment tahlili o’tkazildi. O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida adaptogen dori vositalarining assortiment tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi vaqtda mahalliy, yuqori samarali adaptogen dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish juda dolzarb va istiqbolli hisoblanadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти