“4 K”XXI ASR KO’NIKMALARINI O’Z ICHIGA OLGAN TA’LIM MODELI
globallashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan XXI asrda ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo‘yilmoqda. Endilikda o‘quvchilarga faqat nazariy bilim berish yetarli emas, balki ularni hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila oladigan, muammolarni hal qila biladigan, jamoada samarali ishlay oladigan va ijodkor shaxs sifatida shakllantirish zarur. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, xalqaro ta’lim amaliyotida “ 4K ” modeli keng qo‘llanilmoqda. “ 4K ” tushunchasi ingliz tilidagi Critical thinking ( tanqidiy fikrlash ), Creativity (ijodkorlik), Communication (muloqot), Collaboration (hamkorlik) ko‘nikmalarini anglatadi. Ushbu model o‘quvchilarning intellektual, ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 2
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти