YANGI ANGREN VA ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARINING KUL-SHLAK AGʻDARMALARI HAJMI VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARINI OʻRGANISH
Mazkur maqolada Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalarining kul-shlak ag‘darmalari hajmi, tarkibi va ulardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Kul-shlak chiqindilarining to‘planishi, ularning atrof-muhitga ta’siri hamda ikkilamchi mineral xomashyo sifatidagi salohiyati tahlil qilingan. Gravitatsion, magnit va gidrometallurgik qayta ishlash usullarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan hamda kul-shlak chiqindilaridan oqilona foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi tahlil qilingan. Natijalar kul-shlak materiallarini kompleks qayta ishlash ekologik yuklamani kamaytirishi, mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishi va texnogen chiqindilardan qimmatli metallar hamda boshqa foydali komponentlarni ajratib olish imkonini berishini ko‘rsatadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- “Mineral resurslar instituti” DM