SOF, CHIQINDI, QAYTA ISHLANGAN VA PLASTIFIKATSIYALGAN POLIURETAN NAMUNALARINING QIYOSIY TERMOGRAVIMETRIK TAHLILI
Ushbu maqolada sof, chiqindi, qayta ishlangan hamda plastifikatsiyalangan poliuretan namunalari termogravimetrik tahlil va differensial skanerlovchi kalorimetriya usullari yordamida tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi poliuretan chiqindilarini qayta ishlash va plastifikatsiyalash jarayonlarining polimerning termik barqarorligi hamda molekulyar tuzilishiga ta’sirini aniqlash va uning xossalarini sof poliuretan namunasiga nisbatan saqlab qolish imkoniyatini baholashdan iborat. Termogravimetrik tahlil natijalari barcha namunalarda termik destruksiyaning ikki yoki uch bosqichda sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Bunda (–NH–CO–O–), karbonil (–COO–) va efir (–C–O–C–) bog‘larining uzilishi, polimer asosiy zanjirining parchalanishi, CO₂, CO, NH₃, suv bug‘i va boshqa uchuvchan organik mahsulotlarning hosil bo‘lishi hamda karbonlangan qoldiqlarning termik oksidlanishi kuzatildi. Shuningdek, toza, chiqindi, 4,4-metilendifenildiizotsianat oligomeri asosida qayta ishlangan hamda etilenglikol va glitserin yordamida plastifikatsiyalangan poliuretan namunalarining harorat ta’sirida massa yo‘qotilishi, parchalanish tezligi, parchalanish haroratining boshlanishi va tugashi kabi termik xususiyatlari o‘rganildi. Barcha namunalar uchun umumiy massa va tadqiqot sharoitlarining bir xilligi ta’minlangan. Olingan natijalar poliuretan chiqindilarini qayta ishlash orqali fizik-mexanik xossalari yaxshilangan polimer materiallarini olish imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti