MAVHUM QAYNASH QATLAMLI QURITISH QURILMASINI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH
Ushbu maqolada mavhum qaynash qatlamli quritish qurilmasining matematik modeli ishlab chiqilgan va quritish jarayonining asosiy texnologik parametrlarining ta’siri tahlil qilingan. Modelda gaz va qattiq fazalar o‘rtasidagi gidrodinamik, issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari, namlik hamda energiya balanslari hisobga olingan. Minimal mavhumlanish tezligini aniqlashda Archimedes va Reynolds sonlaridan foydalanilgan. Hisoblash natijalariga ko‘ra, minimal mavhumlanish tezligi 0,86 m/s, ishchi gaz tezligi 1,20 m/s deb belgilangan. Quritish temperaturasi va gaz tezligining ortishi quritish jarayonini jadallashtirishi aniqlangan. Matematik model yordamida materialning yakuniy namligi, quritish tezligi va davomiyligini baholash hamda optimal texnologik rejimni tanlash imkoniyati asoslangan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3-1
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Toshkent davlat texnika universiteti
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti