Central AsianResearch Index

OKSID FAZALARNI SELEKTIV ERITISH VA GERMANIYNI BOYITISH MAQSADIDA QO‘NG‘IR KO‘MIR KULINING XLORID KISLOTADAGI ERUVCHANLIGINI TERMODINAMIK BAHOLASH

Mazkur tadqiqotda “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ qo‘ng‘ir ko‘mir kulining xlorid kislotadagi eruvchanlik xususiyatlari termodinamik tahlil asosida o‘rganildi. Reaksiyalar uchun Gibbs erkin energiyasi va entalpiya qiymatlari hisoblanib, haroratning ortishi bilan oksidlarning eritmadagi barqarorligi va faolligi baholandi. Natijalar CaO, MgO, Fe₂O₃, MnO, PbO, ZnO va CuO kabi oksidlarning HCl muhitida eruvchanligini va eritmaga o‘tishini, Al₂O₃, TiO₂, ZrO₂, Nb₂O₅, MoO₃, WO₃ hamda GeO₂ kabi oksidlarning esa refrakter xususiyatga ega bo‘lib, asosan qattiq qoldiqda saqlanishini ko‘rsatdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kulning 23,18 % qismi eritmaga o‘tishi, 76,82 % qismi esa qattiq fazada qolishi mumkin. Qattiq fazada, xususan, GeO₂ ning to‘planishi germaniyni keyingi yuqori haroratli qayta ishlash bosqichida ajratib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Olingan natijalar ko‘mir kulini xlorid kislotada bosqichma-bosqich selektiv eritish orqali germaniyni konsentrlash va qimmatli metallarni texnogen chiqindilardan ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3-1
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
Olmaliq davlat texnika instituti
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti