Central AsianResearch Index

PROPANNI KATALITIK AROMATLASH JARAYONIDA MEZOG‘OVAKLI KATALIZATORLARNING DEZAKTIVLANISHI

Ushbu maqolada propanni katalitik aromatlash jarayonida H-MG‘S va sirkoniy bilan modifikatsiyalangan Zr/H-MG‘S mezog‘ovakli katalizatorlarining dezaktivlanish xususiyatlari tadqiq etilgan. Katalizatorlarning g‘ovakli tuzilishi past haroratli azot adsorbsiyasi, kislotalik xususiyatlari esa ammiakning harorat bo‘yicha dasturlangan desorbsiyasi usullari yordamida o‘rganilgan. Reaksiya davomida katalizator yuzasida hosil bo‘ladigan koks va uchuvchan bo‘lmagan organik birikmalarning element tarkibi Thermo Flash EA 1115 CHNS analizatori yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dastlabki mezog‘ovakli sorbentlar yuqori kristallik darajasi, 0,3–0,5 mkm kristall o‘lchami va rivojlangan g‘ovakli tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Katalizatorlarning umumiy g‘ovak hajmi 0,21–0,28 sm³/g oralig‘ida bo‘lib, ularning sirtida Brønsted kislota markazlari mavjudligi ko‘rsatilgan. Sirkoniy bilan modifikatsiyalangan katalizatorlarda Brønsted kislota markazlaridan tashqari, uch turdagi sirkoniy tutuvchi markazlar mavjudligi qayd etilgan. Katalizatorlarning dezaktivlanishi koks hosil bo‘lishi va faol markazlarning bloklanishi bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Shuningdek, katalizatorlarning kislotalik xususiyatlari va faol markazlar tarkibida Si/Al hamda Zr/Al nisbatlarining ahamiyati muhokama qilingan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3-1
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University