UCH MONOMERLI TERPOLIMERLANISH REAKSIYASIDA TARKIBINING STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLARI EKSPRIMENTAL VA KINETIK MODEL ASOSIDA BAHOLASH
Ushbu tadqiqotda TDMA–stirol–malein angidrid tizimida terpolimerlanish kinetikasi va tarkibiy o‘zgarishlari eksperimental hamda kinetik model asosida o‘rganildi. Inisiator konsentratsiyasi 16,8×10⁻⁶ dan 51,3×10⁻⁶ mol·L⁻¹ gacha oshirilganda konversiya 6,4% dan 15,2% gacha, reaksiya tezligi 4,075×10⁻⁶ dan 8,965×10⁻⁶ mol·L⁻¹·s⁻¹ gacha ortdi. Stirol konsentratsiyasi ortishi bilan tezlik 3,11×10⁻⁶ dan 11,07×10⁻⁶ mol·L⁻¹·s⁻¹ gacha oshgani aniqlandi. Past konversiyada tarkib boshlang‘ich qiymatlarga yaqin bo‘lsa-da, ayrim tizimlarda kompozitsion drift kuzatilib, MA ulushi 0,50 dan 0,70 gacha ortdi. Eksperimental natijalar model bilan yuqori moslikda (±0,02–0,04) bo‘ldi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 2, С. 99-104
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Buxoro davlat texnika universiteti