Central AsianResearch Index

KIMYO SANOATI CHIQINDILARIDAN METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada kimyo sanoati chiqindilaridan metallarni ajratib olish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida chiqindilarning kimyoviy va fazaviy tarkibi tahlil qilinib, ulardan metall komponentlarni samarali ajratib olishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologik yechim ishlab chiqildi. Taklif etilayotgan texnologiya metall ishlab chiqarish tarmog‘ining xomashyo bazasini kengaytirish, ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanish hamda qimmatli komponentlarni ajratib olish jarayonining tannarxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mazkur yondashuv kimyo sanoati chiqindilarining atrof-muhitda to‘planishini oldini olish, ekologik yuklamani kamaytirish va barqaror sanoat rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 1
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Olmaliq davlat texnika instituti