OLMALIQ MA’DANLI HUDUDIDA QO‘RG‘OSHIN-RUX VA MIS PORFIRNING METALLOGEN MUNOSABATLARI
Ushbu maqolada Olmaliq ma’danli hududning geologik tuzilishi va metallogeniya xususiyatlarini ko‘rib chiqib, undagi qo‘rg‘oshin-rux va mis-porfir konlarining kelib chiqishi va o‘zaro bog‘liqliklari haqida so‘z yuritiladi. Qo‘rg‘oshin-rux konlari ko‘proq kontakt-metasomatik va gidrotermal jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan, mis-porfir konlari esa intruziv tanalar bilan bevosita genetik bog‘liqlikka ega. Geokimyoviy ma’lumotlar Olmaliq ma’danli hudud konlari poligenetik tabiatga ega ekanligini va ularning shakllanishida magmatik-gidrotermal tizimlarning asosiy o‘rinni egallashini tasdiqlaydi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 1
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Olmaliq davlat texnika instituti
“Mineral resurslar instituti” DM