Central AsianResearch Index

SHEELIT KONSENTRATLARINING PARCHALANISHI, VOLFRAM BOYITMASINI KO‘MACHLASH VA TANLAB ERITISH JARAYONLARINING TEXNOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolada sheelit konsentratlarini qayta ishlash jarayonlari – kislotali parchalash, ko‘machlash va tanlab eritish bosqichlari tahlil qilingan. Xlorid kislotasi bilan parchalashda volfram kislotasining bevosita cho‘kishi natijasida texnologik jarayon soddalashadi. Soda va selitra aralashmasida 800–900 °C da olib borilgan ko‘machlash jarayoni volframning natriy volframat ko‘rinishiga o‘tishini 98–99 % gacha ta’minlaydi. Tanlab eritish jarayonining 80–90 °C da olib borilishi esa volframni eritmaga to‘liq ajratib olish imkonini beradi. Olingan natijalar volfram boyitmalarini qayta ishlashning samarali, tejamkor va ekologik jihatdan maqbul texnologiyasini ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 4
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoat va geologiya vazirligi
Olmaliq davlat texnika instituti
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Qarshi davlat texnika universiteti