Central AsianResearch Index

GAMMA-KAROTAJ ASOSIDA ATORBOY QUDUG‘I №1 QUMLI KOLLEKTORLARNING MUROMTSEV USULI ASOSIDA FATSIAL VA FORMATSION TALQINI

Ushbu maqolada Atorboy qudug‘i №1 kesimidan olingan gamma-karotaj (GK) va kern namunalari asosida qumli cho‘kindilarning fatsial-formatsion tavsifi amalga oshirildi. Tadqiqot qumli jinslarni elektrometrik usul bilan o‘rganish, neft va gaz tutqichlari metodi hamda V.S. Muromtsev tomonidan ishlab chiqilgan gamma-karotaj egri chizig‘ining genetik shakllari tasnifi asosida olib borildi. Gamma-karotaj ma’lumotlari qum va gil qatlamlarini ajratish, sedimentatsion muhitni aniqlash hamda kollektor sifatini baholashda samarali ekanligi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, kesim allyuvial poyma va allyuvial kanal fatsiyalariga ajratildi. Tadqiqot natijalari neft-gaz konlarini izlash va baholashda amaliy ahamiyatga ega.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 4
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Geologiya fanlari universiteti
Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti