PLATINA XLORIDLARINING KOMPLEKS HOSIL QILISH XOSSALARI VA OKSIDLANISH BOSQICHLARI
Platina hosilalari, xususan uning xloridlari, noorganik kimyoda kataliz, kompleks birikmalar kimyosida kompleks hosil qiluvchi sifatida shuningdek, elektrokimyo va materialshunoslikda ham muhim ahamiyatga ega. Platinaning asosiy oksidlanish darajalari – Pt(0), Pt(II) va Pt(IV) hisoblanib, turli muvozanatlar, ligand almashinuv reaksiyalari va oksidlanish-qaytarilish jarayonlari orqali o‘zaro almashinadi. Ushbu maqolada platina (II) xlorid (PtCl₂/[PtCl₄]²⁻) va platina (IV) xlorid (PtCl₄/[PtCl₆]²⁻) birikmalarining kimyoviy xossalari, hosil qiladigan ayrim kompleks birikmalari hamda platina ionlarining Pt(II) valentli holatidan Pt(IV) valentli holatiga o‘tish bosqichlari yoritilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 4
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
Milliy tadqiqot texnologik universiteti “MISIS” Olmaliq filiali