Central AsianResearch Index

UCHTUT KONIDAN OLINGAN SAPONIT MINERALINING MINERALOGIK TARKIBI VA UNDAN MAGNIY BIRIKMALARINI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi Uchtut konidan olinadigan saponit namunalarining mineralogik tarkibi chuqur o‘rganildi. Tadqiqotlar kimyoviy tahlil, rentgen fazaviy tahlil, infraqizil (IQ) spektroskopiya, differensial termik tahlil hamda gamma-spektrometrik usullar yordamida olib borildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu konning asosiy foydali qazilmasi ko‘p tarmoqli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, magniy va kalsiy miqdori yuqori saponit mineralidir. Bu esa mazkur xom ashyoni kimyo, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda samarali qo‘llash imkonini beradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 4
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3214
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti