JM-380 POLIPROPILEN MARKALI TERMOOKSODESTRUKSIYA JARAYONIGA TURLI OMILLAR TA’SIRINI TADQIQ QILISH
Mazkur maqolada JM-380 markali polipropilenning termooksodestruksiya jarayoniga turli omillar — harorat, vaqt, oksidlovchi muhit, aralashtirish tezligi va stabilizatorlar ishtirokining ta’siri kompleks o‘rganilgan. Natijada JM-380 markali polipropilenni termooksidlovchi destruksiyalash uchun quyidagi sharoitlar optimal deb baholandi: harorat – 300 ± 10°C, ishlov vaqti – 30–40 daqiqa, muhit – kislorodli atmosfera (≥15%). Ushbu parametrlar asosida amalga oshirilgan destruksiya jarayonida molekulyar og‘irlik ~60% ga kamayadi, disperslik indeksi 1,8–2,2 oralig‘ida bo‘ladi va funksional guruhlarning paydo bo‘lishi IQ spektroskopik tahlillar orqali isbotlandi. Natijada, polimer-bitum kompozitsiyasi yuqori darajada gomogen, elastik va reologik jihatdan barqaror bo‘ladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 3
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3214
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Katta o‘qituvchi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston
T.f.f.d., dots., Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro, O‘zbekiston
Texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim, Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro, O‘zbekiston