TEMIR YO‘L YO‘LOVCHI TASHISHIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI BAHOLASH VA OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Maqolada temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari tarif daromadlari, tashish hajmi, vagon bandligi, qatnov chastotasi va xarajatlar sig‘imi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida tadqiq etilgan. 2018–2026-yillar bo‘yicha shakllangan ko‘rsatkichlar dinamikasi tahlil qilinib, mahalliy va xalqaro qatnovlarning iqtisodiy natijalari qiyoslangan. 2026-yilda tarif qoplash koeffitsienti mahalliy qatnovlarda 1,358, xalqaro qatnovlarda 2,574 ni tashkil etgani qatnov turlari bo‘yicha differensial boshqaruv zarurligini ko‘rsatadi. Vagonlarning o‘rtacha bandligi 42,0 yo‘lovchidan 34,4 yo‘lovchigacha pasaygani mavjud sig‘imdan foydalanish va qatnov parametrlarini real talabga moslashtirish masalasini dolzarblashtiradi. Tadqiqot natijasida iqtisodiy samaradorlikni omillar tizimi asosida baholash, xarajatlarni tashish o‘lchovlari bo‘yicha me’yorlashtirish hamda yo‘nalishlar kesimida boshqaruv qarorlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 9, № 9, С. 147-149
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti