Central AsianResearch Index

FERMER XO‘JALIKLARI OZUQA BAZASI MUSTAHKAMLIGINI BAHOLASHNING INTEGRAL INDEKSI: METODIKA, TOSHKENT VA SAMARQAND VILOYATLARI APROBATSIYASI

Maqolaning maqsadi sutchilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari ozuqa bazasining mustahkamligini yagona o'lchovsiz ko'rsatkich bilan baholash metodikasini ishlab chiqish va uni hududiy hamda xo'jalik darajasida sinovdan o'tkazishdan iborat. Tadqiqotda ozuqa balansi, indeks, ekspert baholash (iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli), monografik va qiyosiy tahlil usullari qo'llanildi. Ozuqa bilan ta'minlanganlikning integral indeksi (OTII) to'rt xususiy ko'rsatkichni – ozuqa balansi, 1 ozuqa birligi tannarxi, o'z ozuqasi hisobiga 1 ga maydondan olingan sut va sut:yem narx nisbatini – etalon qiymatlarga keltirib birlashtiradi. Aprobatsiya natijasida OTII Toshkent viloyatida 0,61, Samarqand viloyatida 0,53, kichik sutchilik fermer xo'jaligi modelida 0,79, ixtisoslashgan fermer xo'jaligi modelida 0,92 ga teng bo'ldi; ikkala viloyatda eng zaif bo'g'in yer birligidan olinadigan sut ekani aniqlandi (K3 = 0,30–0,35). Indeks vaznlar o'zgarishiga barqaror bo'lib, uni viloyat va tuman darajasida ozuqa bazasining yillik monitoringida qo'llash mumkin.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 9, № 9, С. 112-120
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro Markazi