SAVDO TIZIMINING BARQARORLIGINI BAHOLASHDA INTEGRAL KO‘RSATKICH VA EKONOMETRIK MODELLARNI QO‘LLASH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Maqolada hududiy savdo tizimining barqarorligini kompleks baholashning ilmiy-metodik asoslari takomillashtiriladi. Savdo tizimining barqarorligi faqat chakana savdo aylanmasining o‘sishi bilan emas, balki aholi jon boshiga savdo hajmi, ulgurji savdo, tadbirkorlik faolligi, savdo infratuzilmasi, investitsiyalar, bozor xizmatlari va elektron savdoning rivojlanishi bilan birgalikda izohlandi. Shu asosda indikatorlarni standartlashtirish, vaznlash va yagona integral barqarorlik indeksini shakllantirish mexanizmi taklif etildi. Keyingi bosqichda integral indeksning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘p omilli ekonometrik model orqali aniqlash yondashuvi asoslandi. Qashqadaryo viloyatining so‘nggi statistik ko‘rsatkichlari misolida savdo tizimining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi va hududiy siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 9, № 9, С. 100-105
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Iqtisodiyot va pedagogika universiteti