Central AsianResearch Index

YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI: NAZARIY YONDASHUVLAR TIPOLOGIYASI VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining shakllanishi va evolyutsiyasi nazariy hamda institutsional nuqtai nazardan tahlil qilindi. Xalqaro va milliy ilmiy adabiyotlarda mavjud davriylashtirish modellari qiyosiy tahlil qilinib, ularning metodologik cheklovlari aniqlandi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, kontent tahlil, tarixiy-xronologik va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijada yashil iqtisodiyot konsepsiyasi rivojlanishining xalqaro miqyosda tan olingan tarixiy voqealar va rasmiy hujjatlarga asoslangan to'rt bosqichli davriylashtirish modeli ishlab chiqildi. Shuningdek, OECD, UNEP, Jahon banki va akademik adabiyotlarda berilgan ta'riflar umumlashtirilib, ekologiya, iqtisodiyot, ijtimoiy tenglik, innovatsiyalar hamda uzoq muddatli barqarorlikni qamrab oluvchi mualliflik ta'rifi taklif etildi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot nazariyasini takomillashtirish, mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yashil transformatsiya jarayonlarini baholashning metodologik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 8, № 8, С. 19-28
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Alexander Dubcek University of Trencín