Central AsianResearch Index

KICHIK BIZNESDA RAQAMLI PLATFORMALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarining raqamli platformalardan foydalanish samaradorligi O‘zbekiston sharoitida tahlil qilingan. Raqamli platformalar kichik korxonalar uchun bozorga kirish to‘siqlarini pasaytirish, mijozlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish va logistika xarajatlarini optimallashtirish imkonini beruvchi vosita sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda elektron tijorat bozori hajmi 2024-yilda 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, 2027-yilga kelib 1,8–2,2 milliard dollarga еtishi prognoz qilinmoqda. Yetakchi mahalliy platforma Uzum 2025-yilda 17 000 dan ortiq mahalliy sotuvchi bilan hamkorlik qilgan va uning tovar assortimenti 100 million tovar birligidan oshgan. Xulosalar raqamli platformalarning kichik biznes raqobatbardoshligini oshirishdagi rolini tasdiqlaydi, biroq raqamli savodxonlik, ishonch va infratuzilma cheklovlari samaradorlikni pasaytiruvchi omillar bo‘lib qolmoqda.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 7, № 7, С. 34-37
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Samarqand Iqtisodiyot va Servis institute “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi