TIJORAT BANKLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI KAMAYTIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada tijorat banklarida investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirishda risklarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda loyiha tashabbuskorining investitsiya loyihasi qiymatida kamida 25 foiz o’z mablag’lari bilan ishtirok etishini ta’minlash, shartnoma qiymatining kamida 15 foizini mijoz tomonidan moliyalashtirish, kredit mablag’laridan maqsadli foydalanishni kafolatlovchi hujjatli to’lov mexanizmini joriy etish hamda tijorat banklari resurslari tarkibida uzoq muddatli moliyaviy resurslar ulushini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur mexanizmlarning kredit risklarini kamaytirish, loyiha tashabbuskorining moliyaviy javobgarligini kuchaytirish, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 7, № 7, С. 70-80
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Toshkent amaliy fanlar universiteti “Bank va moliya” kafedrasi