Central AsianResearch Index

MINTAQA FERMER XO‘JALIKLARINING MARKETINGDAN FOYDALANIB ISHLAB CHIQARISH VA MARKETING XIZMAT KO‘RSATISH TENDENTSIYALARI

Ushbu maqolada mintaqa fermer xo‘jaliklarida marketing faoliyatidan foydalanishning ishlab chiqarish samaradorligi va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga ta’siri hamda ularning rivojlanish tendensiyalari tadqiq etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, raqobatning kuchayishi va iste’molchilar ehtiyojlarining diversifikatsiyalashuvi fermer xo‘jaliklarida zamonaviy marketing yondashuvlarini qo‘llash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotning maqsadi mintaqa fermer xo‘jaliklarida marketing faoliyatining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligiga ta’sirini baholash hamda ushbu yo‘nalishdagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy tahlil, monografik kuzatish va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida marketing xizmatlarini rivojlantirish mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni kamaytirishi va fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirishi asoslandi. Tadqiqot yakunida mintaqaviy fermer xo‘jaliklarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6, С. 57-62
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi