Central AsianResearch Index

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNING KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijoratning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqotda elektron tijorat platformalarining kichik korxonalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari, ularning bozorga kirish xarajatlarini kamaytirish, mijozlar bazasini kengaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Ishda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanish dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan, shuningdek kichik biznes vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron tijoratdan faol foydalanayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining savdo hajmi va daromadlilik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6, С. 30-33
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Qarshi davlat texnika universiteti