Central AsianResearch Index

FERMER XO‘JALIKLARIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI MARKETINGLARINI RIVOJLANISHINI PROGNOZLASHTIRISH

ushbu maqolada fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi marketing tizimlarining rivojlanish tendensiyalari va ularni prognozlashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining chuqurlashuvi, agrar mahsulotlar bozorida raqobatning kuchayishi hamda iste’molchilar talabining o‘zgarib borishi fermer xo‘jaliklari faoliyatida marketing xizmatlarining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi marketing tizimlarining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, ularning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini prognozlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy tahlil, trend tahlili, ekstrapolyatsiya, iqtisodiy-matematik modellashtirish hamda ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari marketing xizmatlari infratuzilmasining rivojlanishi, raqamli marketing texnologiyalarining keng joriy etilishi, bozor axborot tizimlarining takomillashuvi va marketing konsalting xizmatlarining kengayishi fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini realizatsiya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, marketing xizmatlariga bo‘lgan talabning kelgusi yillarda barqaror o‘sishi prognoz qilinib, ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6, С. 225-230
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi