O‘ZBEKISTONDA FOND BOZORI: YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR VA XAVFLAR
Ushbu maqolada O'zbekistondagi fond bozorining hozirgi holati, rivojlanish tendentsiyalari va uning yosh avlod uchun taqdim etadigan moliyaviy imkoniyatlari hamda potentsial xavf-xatarlari keng ko'lamda tahlil qilinadi. Tadqiqotda O'zbekiston fond birjasi (UZSE) faoliyati, davlatning qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlari va yosh investorlarning bozorga kirishidagi to'siqlar ko'rib chiqiladi. Maqolada xorijiy tajribalardan foydalangan holda yoshlarni moliyaviy savodxonlikka undash, investitsiya madaniyatini shakllantirish va fond bozoridagi xavflarni boshqarish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston fond bozori yoshlar uchun katta istiqbolga ega bo'lib, biroq tegishli bilim va strategik yondashuvsiz moliyaviy yo'qotish xavfi ham mavjud.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 6, С. 198-201
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi davlat texnika universiteti