Central AsianResearch Index

BUXGALTERIYA HISOBINI RAQAMLASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

mazkur maqolada buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish tizimlari va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi tizimini raqamlashtirish jarayonlarini mutaxassislarni qisqartirish vositasi sifatida emas, balki buxgalterlarning kundalik takrorlanuvchi amaliy operatsiyalarini avtomatlashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va professional faoliyat samaradorligini oshirish omili sifatida baholashdan iborat. Maqolada raqamli buxgalteriya tushunchasi, uning zamonaviy axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi hamda buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish jarayonida yuzaga keladigan tashkiliy, texnologik va uslubiy muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University