Agrar tarmoqda logistika xarajatlarini boshqarishning zamonaviy iqtisodiy mexanizmlari
Ushbu maqolada agrar tarmoqda logistika xarajatlarini boshqarishning zamonaviy iqtisodiy mexanizmlari, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlaridagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda logistika xarajatlarining tarkibi, jumladan transport, saqlash, qadoqlash, yuklash-tushirish va axborot oqimlarini boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rganilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan logistika boshqaruvi usullariga asoslanib, agrar sektorda xarajatlarni optimallashtirishning iqtisodiy mexanizmlari yoritilgan. Maqolada raqamli logistika platformalari, ta’minot zanjiri menejmenti (Supply Chain Management), aqlli ombor tizimlari, GPS monitoring, logistika autsorsingi va klaster yondashuvining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri baholangan
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 6, С. 126-130
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi davlat texnika universiteti