Central AsianResearch Index

MINTAQAVIY RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH ORQALI BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning nazariy-uslubiy asoslari va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mintaqalarning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional, investitsion va innovatsion omillar tahlil qilinib, ularning hududiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi baholangan. Shuningdek, mintaqaviy raqobatbardoshlik darajasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish imkoniyatlari aniqlangan hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar taklif etilgan. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik-guruhlash, iqtisodiy tahlil va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar mintaqalarda investitsion jozibadorlikni oshirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish va hududiy resurslardan oqilona foydalanish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6, С. 87-92
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Qarshi davlat texnika universiteti