QISHLOQ XO‘JALIGIDA TARMOQLARARO KONVERGENSIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida tarmoqlararo konvergensiyaning iqtisodiy mohiyati, shakllari, amaliy ahamiyati va qonunchilik asoslari ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Milliy statistika qo'mitasi (stat.uz), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (mehnat.uz) hamda Invest Uzbekistan (invest.gov.uz) ma'lumotlari asosida 2019–2024-yillar uchun qishloq xo'jaligining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, bandlik tuzilmasi va investitsiya dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Prezidentining 2023–2025-yillarda qabul qilingan farmonlari va qarorlari (PF-151, PF-158, PQ-347, PQ-431 va boshqalar) asosida tarmoqlararo konvergensiyaning huquqiy zamin va rivojlanish yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, agrosanoat integratsiyasi, raqamlashuv va moliya-logistika sektorlari bilan hamkorlik qishloq xo'jaligi unumdorligi va qishloq bandligiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 6, С. 79-86
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Karshi State Technical University