Central AsianResearch Index

AGRAR-SANOAT INTEGRATSIYASI SHAROITIDA KOOPERATSIYA MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda agrar va sanoat tarmoqlari integratsiyasining nazariy asoslari, kooperatsiya aloqalarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda ularni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, klaster tizimlari, shartnoma asosidagi hamkorlik, logistika infratuzilmasi va innovatsion texnologiyalarning kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish mahsulot sifati, qo‘shilgan qiymat va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 6, № 6, С. 76-78
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University