ZIYORAT TURIZMINING MINTAQAVIY IQTISODIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Maqolada ziyorat turizmining mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – ziyorat turizmi orqali hududiy iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat yaratish, bandlikni oshirish, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Tahlil jarayonida turizmning multiplikativ samarasi, infratuzilmaga ta’siri, mahalliy byudjet daromadlariga qo‘shayotgan hissasi hamda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish omillari o‘rganilgan. Mintaqaviy xususiy sektor subyektlariga ziyoratgohlarni rivojlantirish uchun qulay investitsiyaviy muhit yaratish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish muhim omil sifatida asoslangan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 5, С. 308-312
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti