IJTIMOIY HIMOYA SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRAL STATISTIK KO‘RSATKICHLARI
Mazkur maqolada hududiy ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini statistik baholashning nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida statistik guruhlash, taqqoslash, dinamik qatorlar tahlili, korrelyatsion-regression tahlil, integral indekslar usuli hamda ekonometrik yondashuvlardan foydalanildi. Hududlar kesimida ijtimoiy himoya xarajatlari, bandlik darajasi, kambag‘allik ko‘rsatkichlari va ijtimoiy yordam qamrovi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy himoya tizimini kompleks statistik monitoring qilish hamda Big Data va raqamli texnologiyalar asosida boshqarish hududiy ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslandi. Shuningdek, hududiy ijtimoiy himoya tizimini baholash uchun integral indeks asosidagi metodologik yondashuv taklif etildi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 5, С. 264-267
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi Turon universiteti