TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Mazkur maqolada tijorat banklarining investitsion faolligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida tijorat banklarining investitsion faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, ularning investitsion salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kapital yetarliligi, barqaror resurs bazasi, investitsiya portfelining diversifikatsiyalanganligi hamda risk-menejment tizimining samaradorligi banklarning investitsion faolligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, investitsion faoliyat samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslandi. Tadqiqot natijalari asosida tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 5, С. 247-251
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Karshi State Technical University