RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya tizimlari, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan dasturiy platformalarning jadal rivojlanishi buxgalteriya hisobi jarayonlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada buxgalteriya hisobi tizimini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishi, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar (Big Data) va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishda raqamli platformalardan foydalanish samaradorligi, hisob ma’lumotlarining aniqligi va shaffofligini ta’minlash, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida axborot tizimlarining ahamiyati yoritib beriladi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 5, С. 206-210
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Karshi State Technical University