Central AsianResearch Index

NAMANGAN VILOYATIDA AVTOTEXNIK XIZMATLARINI TASHKIL ETILISHI VA SAMARADORLIGINI MARKETING STRATEGIYALARI ASOSIDA OSHIRISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada Namangan viloyatida avtotexnik xizmatlar tizimini tashkil etish va uning samaradorligini oshirishda marketing strategiyalarining roli ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sifati, mijozlar qoniqishi, raqamli marketing vositalaridan foydalanish, raqobat muhiti hamda servis jarayonlarini boshqarish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, avtotexnik xizmatlar bozorining hozirgi holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarimizga ko‘ra, marketing strategiyalarini kompleks qo‘llash, jumladan CRM tizimlari, raqamli reklama va mijozga yo‘naltirilgan yondashuv servis korxonalarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, zamonaviy marketing texnologiyalarini joriy etish nafaqat xizmat sifatini yaxshilaydi, balki korxonalarning hududiy bozordagi raqobatbardoshligini ham kuchaytiradi. Shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish va onlayn platformalardan faol foydalanish ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 5, С. 168-172
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Namangan davlat texnika universiteti