Central AsianResearch Index

Tijorat banklarining kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishdagi mavjud muammolari tahlili

Mazkur maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish tizimi, undagi tizimli muammolar va ularning kelib chiqish sabablari har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotda miqdoriy va sifatiy metodologiyalar uyg‘unligidan hamda axborot assimetriyasi nazariyasidan foydalanilgan holda, so‘nggi yillarda kredit hajmi oshgan bo‘lsa-da, tarkibiy va institutsional to‘siqlar hanuz saqlanib qolinayotgani aniqlangan. Xususan, yuqori garov talablari, qimmat foiz stavkalari, rasmiy kredit tarixining shakllanmaganligi, byurokratik murakkabliklar hamda bank tizimida davlat banklarining dominantligi kichik tadbirkorlikning moliyaviy inklyuzivligini cheklovchi asosiy omillar sifatida baholangan. Maqola yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda tijorat banklarining kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 5, С. 155-160
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University