QASHQADARYO VILOYATIDA ASALARICHILIKNI KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH ORQALI SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida asalarichilik tarmog‘ini klasterli yondashuv asosida tashkil etish va barqaror rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida asalarichilik klasterini tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi, tashkiliy mexanizmlari va floristik salohiyati tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, klasterli tuzilma viloyatda asalarichilik rentabelligini 32–38 foizga oshirish, asal ishlab chiqarish hajmini 2,4 baravarga ko‘paytirish va 850 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Maqolada Qashqadaryo viloyatiga moslashtirilgan “Kitob–Shaxrisabz tog‘ asalarichilik klasteri” modeli ishlab chiqilgan va uning 5 yillik iqtisodiy prognozi taqdim etilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 5, С. 116-120
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi davlat texnika universiteti “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi