QISHLOQ XO‘JALIGIDA TAVAKKALCHILIK VA VAQT AFZALLIGINI O‘LCHASH: ZAMONAVIY EKSPERIMENTAL YONDASHUVLAR
Mazkur maqolada xulq-atvor iqtisodiyotida insonlarning tavakkalchilikka munosabati hamda sabrlilik darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy usullar tahlil qilinadi. Xususan, o‘zini o‘zi baholash usuli, lotoreya tanlovi asosidagi eksperimental yondashuvlar hamda vaqt oralig‘idagi tanlov usuli yoritilgan. Tadqiqot natijasida tavakkalchilik va sabrlilikni o‘lchash iqtisodiy qarorlar, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, investitsiya, jamg‘arma va iste’mol qarorlarini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta‘kidlanadi. Shuningdek, real rag‘batga asoslangan usullar faraziy savollarga nisbatan ishonchliroq natija berishi qayd etiladi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4, С. 43-47
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti