ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA XARAJATLAR BO‘YICHA OG‘ISHISHLARNI HISOBGA OLISHDA ZANJIRLI MEXANIZMDAN FOYDALANISH
Mazkur maqolada ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar bo‘yicha og‘ishishlarni aniqlash, ularni tizimli ravishda hisobga olish hamda tahlil qilishda zanjirli mexanizmdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari reja ko‘rsatkichlaridan og‘ishi turli omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ushbu og‘ishishlarni tezkor aniqlash va baholash boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada zanjirli mexanizm asosida og‘ishishlarni bosqichma-bosqich hisoblash, sabablarini aniqlash va natijalarini baholash usullari taklif etilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va tannarxni kamaytirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4, С. 197-199
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti