Iste’mol savatida tovar va xizmatlar vaznlarini hisoblashning nazariy va uslubiy asoslari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari
Mazkur maqolada iste’mol savatida tovar va xizmatlar vaznlarini hisoblashning nazariy va uslubiy asoslari tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Iste’mol narxlari indeksining aniqligi va reprezentativligi, avvalo, vaznlar tizimining qanchalik asosli shakllantirilganiga bog‘liq. Maqolada uy xo‘jaliklari byudjeti kuzatuvi ma’lumotlarining vaznlar tizimidagi o‘rni, xarajat moddalari va vakil tovarlar o‘rtasidagi moslashtirish mexanizmlari, rivojlangan davlatlar amaliyotidagi yondashuvlar, milliy hisoblar va qo‘shimcha manbalarning o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida vaznlarni yangilash va takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari vaznlar tizimini shakllantirishda uy xo‘jaliklari xarajatlari kuzatuvi asosiy statistik manba bo‘lib xizmat qilishini, zamonaviy sharoitda esa ushbu tizimni milliy hisoblar, ma’muriy va tranzaksion manbalar, tasniflash izchilligi hamda muntazam yangilash mexanizmlari bilan boyitish zarurligini ko‘rsatadi [1; 2; 7; 15].
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4, С. 180-185
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti