Qashqadaryo viloyatida asalarichilik klasterini rivojlantirishning iqtisodiy va innovatsion istiqbollari
Tadqiqot Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Koson, G‘uzor va Dehqonobod tumanlarida asalarichilik faoliyatini klaster mexanizmi orqali birlashtirish va kuchaytirish masalalarini tizimli ravishda o‘rganadi. Tadqiqotda tog‘li va tekis hududlar o‘rtasidagi tabiiy farqlarning iqtisodiy ta’siri baholandi hamda klasterli birlashuv mahsuldorlikni 36–41 foizga oshirishi, eksport hajmini 2,6 baravar ko‘paytirishi va 950 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishi asoslab berildi. Ishning muhim natijasi sifatida “Kitob–Shahrisabz–Koson uchburchagi” nomli mintaqaviy asalarichilik klasteri loyihasi ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4, С. 74-79
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi davlat texnika universiteti “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi