MAISHIY XIZMATLAR KLASTERINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH ASOSIDA XIZMATLAR SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELI
Mazkur tadqiqot ishida maishiy xizmatlar klasterini raqamli platformalar asosida rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish modeli ishlab chiqilgan. Unda raqamli iqtisodiyot sharoitida “Raqamli aqlli xizmatlar” konsepsiyasini joriy etishning nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Shuningdek, maishiy xizmatlar ko‘rsatishning raqamlashtirilgan klaster modeli, uning rentabellik darajasini aniqlash formulasi hamda to‘lov tizimlarini takomillashtirish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqotda raqamli platformalar, mobil to‘lov tizimlari va aqlli hisoblagichlar asosida xizmatlarni markazlashtirish orqali aholi turmush sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikka erishish masalalari tahlil qilingan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 2, № 2, С. 137-141
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Qarshi Davlat Universiteti