Central AsianResearch Index

UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISHDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Mazkur maqolada uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ekologik barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, resurslarga bo‘lgan talabning ortishi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir kuchayib borayotgan sharoitda ekologik barqarorlikni ta’minlashning dolzarbligi asoslab beriladi. Energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni samarali boshqarish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi yondashuvlarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, institutsional va normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishning uy-joy kommunal xizmatlarining barqaror rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari ekologik va iqtisodiy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash, aholining yashash sifati va ekologik xavfsizligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalar shakllantirish imkonini beradi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 2, № 2, С. 93-99
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti